O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
14-oktabridagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” va “Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risida”gi namunaviy nizomlari Markaz xodimlariga tanishtirildi.
Uchrashuvda kasbiy madaniyat, xizmat faoliyati, xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, javobgarlik hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish va xavf-xatarlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.