“Oliy ta’lim tizimiga Forsayt markazlarni joriy etish istiqbollari”

2023-yilning 28-iyul kuni Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida “Oliy ta’lim tizimiga Forsayt markazlarni joriy etish istiqbollari” mavzusida Oliy taʼlim muassasalari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, Ilmiy boshqarma xodimlari va tadqiqotchilar (ZOOM orqali) bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oliy taʼlim muassasalariga forsayt markazlarini joriy etishdagi ustuvor vazifalar, ularningsalbiy jihatlari muhokama etildi.

Dastlab Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi Boshqarma boshlig‘i Eshmurodov Akbar Tolliboyevich davra suhbatini ochib berdi.

Oʻz navbatida, Toshkent davlat transport universiteti, Vagonlar va vagon xo‘jaligi kafedrasi akademigi Mansurov Yulbarsxon Nabiyevich “Forsayt: kelajakka nazar – ta’lim, fan va madaniyat tizimlari” to‘g‘risida, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi professori, O‘zbekistоn Respublikasi Turon Fanlar Akademiyasi akademigi Rahimov Oktyabr Dustkabilovich “O‘zbеkiston oliy ta’lim tizimida dastlabki forsayt tadqiqotlar” to‘g‘risida, Farg‘ona davlat universiteti Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti Yunusov Alisher Ro‘zimatovich “Oliy ta’limda Forsayt markazlarini tashkil etish istiqbollari” to‘g‘risida va Yangi asr universiteti prorektori Pedagogika fanlari doktori, dotsent Mamatov Dilmurad Narmuratovich “Forsayt markazlarini tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasi (Janubiy Koreya, Hindiston tajribalari va Adju universiteti huzurida ochilgan Artel forsayt markazi misolida)” haqida ma’ruzalar o‘qidi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javob berildi hamda oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar taqdim etildi.

ijobiy va

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan