
#INFOLIB O‘zbekiston–2023
23-oktyabr kuni Haftalik va Forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Yakubov Shuhrat Ummatalievich o‘z tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.
Haftalik doirasida madaniy-ma’rifiy dasturlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar, mahorat darslari hamda fan va madaniyat namoyandalari, san’atkor hamda ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi kun tartibiga kiritilgan.
“INFOLIB O‘zbekiston–2023” XII Milliy axborot kutubxona haftaligida oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari direktorlari hamda “Yosh kutubxonachilar” III forumida bu yil ilk bor oliy ta’lim muassasalarining
35 yoshgacha bo‘lgan axborot-kutubxona sohasi vakillari ishtirok etishmoqda.
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (120)