#Olimpiada_2023 #akhimo_uz

2023-yilning 23-oktyabr kuni Matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaga qatnashish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Tojikiston delegatsiyasi Samarqandda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi masʼul xodimlari boshchiligida tantanali kutib olindi va Samarqandning diqqatga sazovor tarixiy qadamjolari ziyorat qilidi.
Shuningdek, ayni shu kuni Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston delegatsiyasi Toshkent shahrida Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan yuqori saviyada kutib olindi hamda tojikistonlik va oʻzbekistonlik qatnashchilar bilan birgalikda soat 21:00 da Toshkent janubiy vokzalidan Toshkent – Xiva yo‘nalishi bilan Xorazm viloyatiga yoʻl olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan