“Kredit-modul tizimida oʻquv-uslubiy xujjatlarni takomillashtirish yoʻnalishlari”

Joriy yilning 26-dekabr kuni Markazning Oʻquv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish boshqarmasi boshligʻi, p.f.f.d.(PhD.), dotsent Zaripov Lochin Rustamovich tomonidan Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari uchun “Kredit-modul tizimida oʻquv-uslubiy xujjatlarni takomillashtirish yoʻnalishlari” mavzusida master-klass tashkil etildi. Master-klass ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, aynan bugungi kunda oliy taʼlim tizimida mustaqil taʼlimni tashkil etishning oʻziga xos muammolari, vaqt meʼyorlari va ularning amal qilish tartibi, kredit-modul tizimida baholash talabalari yuzasidan fikr almashildi. Master-klass savol-javoblar bilan bahs-munozarali tarzda oʻtildi. Professor-oʻqituvchilar oʻzlariga qiziqtirgan savollar bilan juda faol ishtirok etdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan