16-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ–308-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlari ijrosi holati muhokama qilindi.
Jumladan, ta’lim qamrovining yalpi koeffitsiyenti, ta’lim olishning kutilayotgan davomiyligi, ta’lim olishning o‘rtacha davomiyligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilash, bu borada YUNESKO ekspertlari muzokaralar olib borish, aholi, jumladan, nuroniylar, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni onlayn xizmatlardan foydalanish va IT-bilimlar bo‘yicha “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida bepul o‘qitish masalalari ko‘rib chiqildi.