Joriy yilning 18-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ekspertlari hamda BMTning “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruhi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ishchi guruhi a’zolari kutilayotgan ta’lim olish davomiyligi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini asoslash yuzasidan YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Ta’lim sektori rahbari B.Namozov bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda kutilayotgan ta’lim davomiyligi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan YUNESKO tavsiyalarini inobatga olish hamda bu masalada YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik qilishga kelishib olindi.