8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 2024-yilning 7-mart kuni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazida “Ardogʻimizdasiz, aziz ayollar!” nomli tadbir tashkillashtirildi.
Tadbir mehmoni — elimiz ardogʻidagi sanʼatkor, xushovoz xonanda Baxtiyor Rahmonov goʻzal qoʻshiqlari bilan kecha qahramonlari koʻngillarini xushnud etdi.
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 241-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga oʻzgacha koʻtarinki kayfiyatlar bagʻishladi.
Tadbir soʻngida ayol xodimlarga esdalik sovgʻalar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus Faxriy yorliqlari taqdim etildi.