Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonini o‘quv-metodik ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish

2024-yil 27-mart kuni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazida respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari prorektorlari va tegishli masʼul xodimlari ishtirokida oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, taʼlim jarayonini oʻquv-metodik taʼminlash hamda oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi.
Yigʻilishda Study in Uzbekistan maxsus veb portaliga kiritilishi zarur boʻlgan kontent maʼlumotlar, oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylar tomonidan “Oliy va oʻrta maxsus taʼlimni bitirganlik toʻgʻrisidagi diplomni tasdiqlash xizmati”ni koʻrsatish, ilgʻor xorijiy adabiyotlarni sotib olish, tarjima qilish va nashr etish ishlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar kelishib olindi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan