Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 18-aprel kuni Times Higher Education xalqaro reytingida 501-oʻrinni egallagan Buyuk Britaniyaning Gʻarbiy Angliya universiteti (University of the West of England) professori Qobil Roʻziyev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab Markaz direktori, professor Mahmudjon Boltaboyev vatandoshimizga mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida olib borilayotgan jadal islohatlar, ularning natijalari hamda Markaz faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Muloqot davomida oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilariga qoʻyiladigan talablar, mustaqil taʼlimni tashkil etish mexanizmlari, akademik halollik qoidalariga rioya qilish, ragʻbatlantirish tizimini doimiy takomillashtirib borish, sunʼiy intellektning taʼlim jarayoniga taʼsiri hamda oliy taʼlim muassasalarida sifat madaniyatini oshirish kabi mavzularda fikr almashildi. Mazkur masalalar boʻyicha Britaniya universitetlari tajribasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olindi.

Uchrashuv yakunida Markaz hamda Buyuk Britaniyaning Gʻarbiy Angliya universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish hamda doimiy tajriba almashib borish yuzasidan kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan