Joriy yilning 1-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida ta’lim sohalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi soha kengashlari tashkil etilgan 15 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari ishtirokida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirish yuzasidan seminar tashkil etildi.


Seminarda bitiruvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan malaka talablari va fan dasturlarini ish beruvchilar bilan birga ko‘rib chiqish va xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-300 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlar ta’lim dasturlari asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida oliy ta’lim muassasalarida bu borada olib borilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtalib, xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha seminar ishtirokchilari o‘rtasida fikr almashildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan