Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazida “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar mustaqil taʼlimini tashkil etish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi vakillari, markaz masʼullari hamda oliy taʼlim muassasalari xodimlari ishtirok etdi. Seminarda mustaqil taʼlim, uning soatlari ulushini oshirish, talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, tizimli tahlil qilish koʻnikmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mustaqil taʼlimni tashkil etishning yagona Namunaviy tartibi loyihasini takomillashtirish, alohida tashkil etilgan Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasalari oʻquv jarayonida foydalanishlari uchun namuna sifatida taqdim qilish lozimligi kelishib olindi.