Taʼlim sohalari boʻyicha tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlarining faoliyatini tashkil etish boʻyicha seminar tashkil etildi

Joriy yilning 10-may kunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan taʼlim sohalari boʻyicha tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari ishtirokidi seminar tashkil etildi.


Seminarda 2024/2025 oʻquv yili uchun ishlab chiqiladigan oʻquv-meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etishda Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlariga ish beruvchi soha korxonalari, oliy taʼlim muasssasalarining mutaxassislik kafedralarining professor-oʻqituvchilari hamda taʼlim isteʼmolchilari boʻlgan talabalar ishtirokini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan