Joriy yilning 28 may kuni Malayziyaning Milliy oliy ta’lim tadqiqotlari instituti vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuv davomida Ikki tomonlama imzolangan Memorandum masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda Markaz direktori Mahmudjon Boltabayev oliy taʼlimning xalqarolashuvi sohasida amalga oshirilayotgan taraqqiyot yoʻnalishlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir soʻngida Markaz va Malayziya Milliy oliy taʼlim tadqiqotlari instituti oʻrtasida istiqbolda 5 yillik amalga oshiriladigan hamkorlik aloqalarining yoʻnalishlarini aniq belgilash, kutilayotgan natijalarni oldindan sarhisob qilish hamda qoʻshma tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib olindi.