O‘zbekistonda ilk marotaba “Butunjahon yoshlar festivali 2024” doirasidagi tadbirlar Samarqand shahridan boshlandi.
Forum doirasida, 18 ta xorijiy davlatlarning Yoshlar siyosatiga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarining rahbarlari va xodimlari, delegatsiya a’zolari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi rahbarlari, faol yoshlari ishtirokida “Ommalashtirishga arzigulik g‘oyalarni kashf eting!” mavzusida yuzma-yuz uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Festivalda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Mahmudjon Boltabayev ham ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirda ta’lim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi hamda ularda nufuzli spikerlar qatnashishi rejalashtirilgan.