
2024-yil 4-iyul kuni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazida Xalqaro Nordik universiteti bilan oliy taʼlimda pedagog kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori M.Boltabayev va Xalqaro Nordik universiteti prorektori O.Qoʻysinov oliy taʼlimda pedagog kadrlarni tayyorlash, professor-oʻqituvchilarni xorijda malakasini oshirish, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash metodikasini takomillashtirish, Finlyandiya va boshqa rivojlangan davlatlarning tajribasini oʻrganish masalalarini birgalikda muhokama qilib, hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalarni kelishib oldilar.