Axborot resurs markazlari fondidagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni elektron shaklga oʻtkazish holati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-dekabrdagi 60-sonli Prezident qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2022-yil 7-yanvarda tasdiqlangan qaror ijrosini amalga oshirish grafigining 5-bandiga koʻra, “2022-yil yakuniga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxona fondidagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish hamda vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasini ishga tushirishni taʼminlash” vazifasi belgilangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 13-iyuldagi 225-sonli buyrugʻi bilan vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda oliy taʼlim muassasalari zimmasiga oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yuklash vazifasi topshirildi. Ushbu topshiriq Oʻbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 11-noyabrdagi 371-sonli buyrugʻiga asosan Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan nazorat qilinib, masʼul xodimlar faoliyati muvofiqlashtirib boriladi.
Dastlab 67 ta davlat oliy taʼlim muassasalari adabiyotlarni joylagan boʻlsa, xozirgi kunda bu koʻrsatkich 100 dan oshgan. Yaʼni 554 ming dan ortiq adabiyotlar elektron platformaga joylangan. Shundan 387 mingdan oshiq adabiyotlar, 59 mingdan ortiq dissertatsiya, 17 mingdan ziyod monografiya va 92mingdan ortiq maqolalar elektron shaklga oʻtkazilgan.
Bu nafaqat talabalarga balki professor-oʻqituvchilar va doktorantlarga xam elektron platformadan istalgan joydan bemalol foydalanishlari uchun imkon yaratmoqda.
Shu kunlarda elektron platformani yanada boyitib, yangi adabiyotlarni joylab borish ishlari faol davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan