Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazida yigʻilish boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Mahmudjon Boltaboyev raisligida Markazning boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda respublika davlat oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari va boshqa tegishli masʼullarining masofadan ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish va nashr guvohnomasini berish hamda oliy taʼlim muassasalarida “Registrator ofis”larini tashkil etish holatlari toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻquv adabiyotlarini dastlabki texnik ekspertiza uchun taqdim etilishidagi xato va kamchiliklar natijasiga koʻra taqdim etilgan da kamchiliklar, elektron platformaga tasdiqlanmagan va soxtalashtirilgan hujjatlarni yuklash holatlari hamda ayrim oliy taʼlim muassasalarida “Registrator ofisi” faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aytib oʻtildi.   

Shu bilan birga, adabiyot.edu.uz elektron platformasi faoliyatini tubdan takomillashtirish ishlari olib borilayotganligi va bu borada takliflar ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Yigʻilishda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan