Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Abduvali Xolikov va Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif Jahon bankining ta’lim masalalari bo‘yicha mutaxassislari missiyasi doirasida amalga oshirildi. Eslatib o‘tamiz, missiyaga ta’lim bo‘yicha katta mutaxassis Iv Jants boshchilik qilmoqda.

Delegatsiya tarkibidagi ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha katta mutaxassislar bilan kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim hamda ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish, universitetlar va vazirlik faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur muloqot oliy ta’lim tizimida hamkorlikni mustahkamlash va yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan