2022 yildan boshlab Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi huzurida DSc.03/29.10.2021.Ped.140.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022 yil 31 oktyabrdagi №629-son qarori bilan mazkur ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash tuzildi.
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi huzurida DSc.03/29.10.2021.Ped.140.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 7-yanvar kuni soat 10.00 dagi majlisida birinchi marta 13.00.07-Ta’limda menejment (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha Askarov Abror Davlatmirzayevichning “Oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmentini integratsiyalashgan mexanizmlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy tadqiqot ishi Termiz davlat universitetida bajarilgan.
Ilmiy maslahatchi: Maraximov Avaz Raximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Botir Shukurullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Galimov Almaz Mirzanurovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Navoiy Davlat pedagogika instituti
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi 75-uy.
Tel.: (99871) 207-03-43 (104) ;
e-mail: rmxat@edu.uz