TA’LIM DASTURLARI XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Joriy yilning 12-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tadbiq etish markazida  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 15-martda “Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini tahlil qilish hamda xatlovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 53-son buyrug‘i asosida tuzilgan Ekspertlar guruhi ishtirokida seminar tashkil qilindi. Mazkur seminarda Ekspertlar guruhi bilan dunyoning TOP-500 talikka kirgan OTMlari tajribalari yuzasidan fikr almashildi hamda o‘quv-me’yoriy hujjatlarni o‘rganib, tahlil qilayotganda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar ta’kidlandi.

Seminarda Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Esanov Muzaffar Xoshimovich olib bordi hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-me’yoriy hujjatlarini tahlil qilish ishlarini samarali tashkil etishga doir o‘z taklif va tavsiyalarini berdi. Shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Xaydarov Ilxom Qudratovich “Pedagogika ta’lim sohasi o‘quv-me’yoriy hujjatlarini dunyoning TOP-500 talikka kirgan OTMlari ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlili bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari” mavzusida taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilariga Ekspertlar guruhi faoliyati tushuntirildi hamda tanlab olingan ta’lim yo‘nalishlari o‘quv-me’yoriy hujjatlarini dunyoning TOP-500 talikka kirgan OTMlari ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlil qilgan holda takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi. Seminar so‘ngida Ekspertlar guruhi faoliyatini monitoring qilib borish maqsadida muntazam onlayn ishchi-yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan