Mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatish tadbirlari tashkil etildi

Iyd Ramazon hayit bayrami munosabati bilan Markaz rahbar-xodimlari tomonidan joriy yilning 20-21-aprel kunlari tizimda faoliyat yuritayotgan nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish, shuningdek, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan xodimlar holidan xabar olish, mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatish tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, Markazda uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan ustozlar xonadoniga tashrif buyurib ularning xolidan xabar olindi.
Shuningdek, ayni damda Markazda faoliyat olib borayotgan 2 nafar kam ta’minlangan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, “Food for life” tashkiloti tomonidan joriy yilning 22-aprel kuni hayriya tadbirida Markaz xodimlari K.Xalmuratova, Z.Zaxidova, M.Tuxtayevalar ishtirok etdilar. Mazkur hayriya tadbirida 62 ta muxtoj, kam ta’minlangan va qariyalar uylariga borib holidan xabar olindi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan