Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul E’LON QILADI

2024-yil uchun quyidagi kvotalar boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinadi:

Ixtisoslik shifri va nomi Doktorantura

(DSc)

Tayanch doktorantura

(PhD)

13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 1 2  
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) 2  
13.00.07-Ta’limda menejment 2  

 

Tayanch doktoranturaga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

        – ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma (obʼektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi  (mavjud boʻlsa); 

– xorijiy tillardan belgilangan sertifikat;

– pasport nusxasi.

 

Doktoranturaga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma (obʼektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

– tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari;

– xorijiy tillardan belgilangan sertifikat;

– pasport nusxasi.

 

Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha  Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda qabul qilinadi.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Сhimboy ko‘chasi, 96-uy.

Telefon: +99871 207 03 43 (104)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan