
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya ta’lim vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi vakillari Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Global ta’lim va innovatsiyalar” sammiti doirasida Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari, Ta’lim vaziri Li Ju Xo qabulida bo‘ldi.
Unda Janob Li Ju Xo ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari yuqori darajada o‘tganini e’tirof etgan holda, O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor ekanligi hamda buni yuqori baholashini qayd etdi. Shuningdek, bugungi kunda 8 000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreya Respublikasida tahsil olayotgani, ular uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalar uchun ta’lim grantlari sonini keyingi yillarda yanada kengaytirish, elektron o‘quv adabiyotlarini rivojlantirish, mazkur jarayonga tadbirkorlik sub’yektlarni jalb etish hamda pedagog kadrlarni malakasini oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.