XALQARO OLIMPIADA

Rossiyaning Sochi shahrida moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha III Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur olimpiadada 19 davlatning 500 dan ortiq talaba yoshlari va maktab o‘quvchilari qatori mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining 10 nafar iqtidorli talabalari “Iqtisodiyot, moliya-kredit va iqtisodiy xavfsizlik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Axborot xavfsizligi” va “Yurisprudensiya” yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etmoqda. 

Olimpiadaning maqsadi yosh avlodning axborot, moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, moliyaviy xavfsizlik sohasida o‘quv-amaliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish hamda yoshlarda yangi formatdagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, olimpiada doirasida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish yoʻnalishi boʻyicha “Xalqaro tarmoq institutiga” aʼzo mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining vakillari ushbu tashkilotning 10 yillik yubiley majlisida faol ishtirok etmoqda.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan