#xalqaro_olimpiada

Xabar berganimizdek (https://t.me/eduuz/17718?single), bugun Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar hamda yuqori malakali hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirok etmoqda.

Olimpiadadan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk donishmand, matematik olim Muhammad al-Xorazmiyning butun dunyo fan va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini xalqaro ravishda tanitish, shuningdek, bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni boshlang‘ich va aniq fanlar bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish hamda fan sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirishdan iborat.

Jarayonlar Youtube hostingi orqali jonli uzatilmoqda.

➡️ https://youtube.com/live/_TaC6pCp_E4?feature=share

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan