“Oʻzbekistonda oliy taʼlimni rivojlantirish: normativ-metodik, oʻquv-uslubiy va ilmiy-amaliy asoslar misolida” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida “Oʻzbekistonda oliy taʼlimni rivojlantirish: normativ-metodik, oʻquv-uslubiy va ilmiy-amaliy asoslar misolida” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda markaz xodimlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha masʼullari qatnashdi. Davra suhbatida oliy taʼlim muassasalarining sillabuslarini global koʻnikmalar asosida ishlab chiqish, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yiladigan talablar, harbiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlarni diplom ma’lumotlar bazasi (d-arxiv.edu.uz)ga joylashtirish kabi muhim masalalar borasida fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan