Uchrashuvda Oʻzbekistonda oliy taʼlimni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va transformatsiya qilish, tadqiqotlar va amaliyotga asoslangan oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashildi.
Asosiy eʼtibor oliy taʼlim sifatini oshirish orqali barqaror rivojlanishni taʼminlashga qaratilishi lozimligi taʼkidlandi.
Muloqot yakunida bugungi tez oʻzgaruvchan jahon bozori talablariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash strategiyasini shakllantirish, buning uchun taʼlim yoʻnalishlari, fan dasturlari va oʻquv rejalarini xalqaro talablarga bosqichma-bosqich moslashtirish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.