Funksiyalarimiz

  • oliy ta’limning davlat ta’lim standard asosida me’yoriy-uslubiy hujjatlar, malaka talablari va ta’lim dasturlarini tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish;
  • bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarining malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarining uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlash;
  • xalqaro standartlar asosida me’yoriy-uslubiy hujjatlami takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, shuningdek, seminar-treninglar hamda davra suhbatlarini tashkil etish;
  • oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatorini ishlab chiqish va takomillashtirish, unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • oliy ta’lim muassasalarida ta’lim dasturlariga kiradigan barcha fanlar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish;
  • davlat namunasidagi qat’iy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy ta’lim muassasalarini ta’minlash;
    oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, foydalanuvchilarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
  • oliy ta’limni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tadqiq qilish, tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ommalashtirish;
  • iqtidorli yoshlar qobiliyatlarini kashf etish va rivojlantirish maqsadida respublika va xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish.